
Babel yana APLga qaytmoqda
Turkiyaning "Beshiktosh" klubi hujumchisi Rayan Babel yana APLga qaytishi mumkin.
Telegraaf tarqatgan xabarga ko‘ra 32 yoshli gollandiyalik futbolchi 15 yanvar kuni “Fulxem”da tibbiy ko‘rikdan o‘tadi. Londonliklar Babelni mavsum yakuniga qadar ijaraga olishadi.
Ma’lumot uchun, Babel joriy mavsum 12ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 4ta gol hamda 1ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Eslatib o‘tamiz, Babel uchun premer-liga begona emas. U 2007-2011 yillarda “Liverpul” sharafini himoya qilgan.
Fikrlar