
"Barselona" Dibala uchun 250 mln evro berishga tayyor
“Barselona” klubi rahbariyati “Yuventus” hujumchisi Paulo Dibalani o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda. Goal nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, katalon klubi hozirda 24 yoshli argentinalik futbolchini Lionel Messiga munosib o‘rinbosar sifatida qaramoqda.
“Ko‘k-anorranglilar” buning uchun naqd 250 million evrodan kechishga ham tayyor.
Dibala “Yuventus”da 2015 yildan beri to‘p surib kelmoqda. U “keksa sinora” safida uch marta Italiya chempionligini qo‘lga kiritgan. Bu mavsum esa Dibala “Yuventus”da 11 o‘yinda 5 golga mualliflik qilgan.
Fikrlar