"Barselona" Karlos Velani yana Evropaga qaytarmoqchi

  • 17.01.2019 15:10
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

AQShning "Los-Anjeles" klubida faoliyat olib borayotgan Karlos Vela yana Ispaniyaga qaytishi mumkin.

Diario Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 29 yoshli meksikalik futbolchiga “Barselona”dan jiddiy qiziqishlar bo‘lmoqda. Ta’kidlash kerakki, yaqindagina Munir El-Xaddadini “Sevilya”ga sotib yuborgan “ko‘k-anor ranglilar” uning o‘rniga munosib hujumchi izlashmoqda.

Ma’lumot uchun, Vela o‘tgan mavsum  "Los-Anjeles" safida jami 28ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 14ta gol va 10ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.

Eslatib o‘tamiz, Vela faoliyati davomida "Arsenal", "Vest Bromvich", "Selta" va "Real Sosedad" kabi Evropa klublarida to‘p surgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!