"Barselona": Messi masalasi biz uchun dolzarb emas
Kataloniyaning "Barselona" klubi rahbariyati ayni paytda jamoe etakchisi Lionel Messi bilan yangi shartnomani tuzish bugungi kunda dolzarb masalalar sirasiga kirmasligini ma’lum qildi.
"Barselona" o‘z xodimlari o‘rtasida eng muhim masalalarni aniqlash uchun so‘rov o‘tkazdi. Una ko‘ra, "Messi masalasi" ayni kunlarda dolzarbligini yo‘qotgani oydinlashdi. "Barselona" xodimlarining aksariyati bugungi kunda "Kamp Nou" stadionini rekonstruktsiya qilish, sovrinlarni yutish, keyingi mavsumga raqobatbardosh tarkibni shakllantirish, yuridik masalar va jamoaning iqtisodiy quvvatini oshirish eng dolzarb masala ekanini qayd etishdi.

"Barselona" prezidenti Xosep Mariya Bartomeu Lionel Messiga besh yillik yangi shartnoma taklif qilgan. Biroq argentinalik futbolchi bu taklifga javob qaytargani yo‘q.

Fikrlar