
"Barselona" bugun o‘z maydonida "Sevilya"ni qabul qiladi
Bugun Ispaniya La Ligasining 10-tur o‘yinlari davom ettiriladi. Jumladan, bugun muxlislar “Barselona” hamda “Sevilya” jamoalari o‘rtasidagi markaziy bahsga guvoh bo‘lishlari mumkin.
Uchrashuvga oid qiziqarli faktlar:
- “Barselona” va “Sevilya” so‘nggi 7ta bahsdan buyon kamida 3tadan gol urishmoqda.
- “Barselona” “Sevilya”ga qarshi o‘tkazilgan so‘nggi 8ta bahsdan buyon raqib darvozasini kamida 2 marta ishg‘ol etib kelmoqda.
- “Barselona” “Sevilya”ga qarshi o‘tkazilgan so‘nggi 8ta bahsdan 7tasida g‘alaba qozongan.
- “Sevilya” La Liganing so‘nggi 4ta bahsidan buyon raqib darvozasiga kamida 2ta gol kiritishga erishmoqda.
- “Barselona” hamda “Sevilya” jamoalari o‘rtasida so‘nggi bor 2011 yilning 22 oktyabr kuni 0:0 hisobi qayd etilgan.
- “Sevilya” ortda qolgan 8ta turdan so‘ng musobaqa jadvalida ikkinchi, “Barselona” esa uchinchi o‘rinda bormoqda.
"Barselona" – "Sevilya"
Stadion: "Kamp Nou" (Barselona)
Boshlanish vaqti: 23:45
Bosh hakam: Xose Munuera Montero (Ispaniya)
Taxminiy tarkiblar:
"Barselona": ter Shtegen – Roberto, Pike, Langle, Alba – Buskets, Rakitich, Artur – Koutino, Messi, Suares
"Sevilya": Vatslik – Karriso, Ker, Gomes – Navas, Banega, Vaskes, Arana – Sarabiya – Silva, Ben Yedder.
Fikrlar