"Barselona" va "Sevilya" klublari sobiq futbolchisi faoliyatini yakunladi
Ispaniya terma jamoasi sobiq himoyachisi Fernando Navarro o‘zining tvitterdagi rasmiy sahifasida futbolchilik faoliyatini yakunlagani haqida e’lon qildi.
Ma’lumot uchun, 36 yoshli futbolchi faoliyati davomida "Barselona", "Albaset", "Malorka", "Sevilya" va "Deportivo" kabi klublarda to‘p surgan.
Navarro 2008 yil Ispaniya terma jamoasi safida Evropa chempionatida g‘olib chiqqan.

Fikrlar