"Barselona" xavbeki taxminan 1 oy maydonga tusha olmaydi

  • 08.02.2019 22:47
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Barselona” klubi yarim himoyachisi Artur jarohat olib safdan chiqdi.

Kataloniyaliklar rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra 22 yoshli braziliyalik futbolchi chap oyoq mushaklaridan jarohat olgan. Shifokorlarning so‘zlariga ko‘ra endi u kamida 3-4 hafta maydonga tusha olmaydi.

Shu tariqa Artur “Barselona”ga La Liga doirasidan o‘rin olgan “Atletiko”, “Valyadolid” va “Sevilya”ga qarshi o‘yinlarda yordam bera olmaydi. U shuningdek Chempionlar ligasi 1/8 finalidan o‘rin olgan “Lion”ga qarshi dastlabbki o‘yinni ham o‘tkazib yuboradi.

Ma’lumot uchun, Artur joriy mavsum Ispaniya chempionatida jami 16ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 1ta gol hamda 2ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!