Bator Sagaluev: Hasanboy Do‘smatovni engishga harakat qilaman

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

The World Series Boxing (WSB) – Butunjahon boks seriyalari VII mavsumidan o‘rin olgan “Uzbek Tigers” va “Patriot Boxing Team” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv doirasida Olimpiya o‘yinlari g‘olibi Hasanboy Do‘smatov va rossiyalik Bator Sagaluev o‘rtasidagi jang hammaning e’tiborida turibdi.

 

Bator Sagaluev bo‘lajak raqibi Hasanboy Do‘smatov va ertangi jang haqida SPORTS.uz axborot portaliga fikr bildirdi.

- Hasanboy Do‘smatovning Rio Olimpiadasidagi har bir uchrashuvini tomosha qildim, - dedi Bator Sagaluev. - Albatta, bo‘lajak jangga puxta tayyorlandim. Ertaga hasanboyni mag‘lub etishga harakat qilaman.

Hasanboy Do‘smatov va Bator Sagaluev ertaga beshinchi bo‘lib ringga chiqadi.

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!