"Bavariya" "Inter"ning 80 millionlik himoyachisini sotib olmoqchi
Myunxenning "Bavariya" klubi "Inter" himoyachisi Milan Shkrinyarga jiddiy qiziqish bildira boshladi. Bu haqda Football Italia nashri xabar tarqatmoqda.
Unga ko‘ra nemis grandi 23 yoshli slovakiyalik futbolchini yaqinlashib kelayotgan qishki transferlar chog‘idayoq sotib olishga urunib ko‘rishmoqchi. O‘z navbatida “neradzurrilar” ushbu futbolchini 80 million evrodan kamiga qo‘yib yuborishmoqchi emas.
Ta’kidlash kerakki, Shkrinyarga shuningdek "Barselona" va "Manchester Siti" kabi klublardan ham jiddiy qiziqishlar bo‘lmoqda.

Fikrlar