“Bavariya” – “Real” uchrashuviga oid faktlar
EChL chorak finalida “Bavariya” xamda “Real” jamoalarari o‘zaro to‘qnash keladigan bo‘lishdi. Biz esa bo‘lajak o‘yin oldidan ushbu bahsga aloqador bo‘lgan ayrim qiziqarli faktlarni e’tiboringizga havola etamiz.
>>“Yuventus” – “Barselona” uchrashuviga oid faktlar
>>EChL. Har bir bosqichdagi eng yirik hisoblar
>>“Bunyodkor” Eronda qanday o‘ynagan?
1. “Real” xamda “Bavariya” EChLning pley-off bosqichida 11 bor to‘qnash kelmoqda;

2. Myunxendagi to‘qnashuv o‘zaro o‘yinlardagi 23 si bo‘ladi;

- 1/8 finalda “Bavariya” Angliyaning “Arsenal” jamoasiga “saboq”(ikki o‘yin natijasiga ko‘ra 10:2) berib qo‘ygan bo‘lsa, “Real” “Napoliga” har ikkala o‘yinda ham 3 tadan gol urdi;
- O‘zaro o‘yinlarda “Bavariya”da 11 ta g‘alaba mavjud, “Real” esa myunxenliklar ustidan 9 marta g‘alaba qozongan. Qolgan ikki o‘yin esa durang bilan bilan nihoyasiga etgan. To‘plar nisbati 33-31 nemislar foydasiga;
>>Legionerlarimiz hafta davomida. 1 qism
- Yaxshi bilasiz EChLga 1992 yilda asos solingan. Ana shundan buyon “Bavariya” 16 marta chorak finalga chiqqan. “Barselona” xamda “Real” hisobida esa 15 ta chorak final mavjud;
- “Bavariya” bu bosqichda so‘nggi bor 2009 yilda mag‘lub bo‘lgan. O‘shanda “Barselona” myunxenliklarga hech qanday imkoniyat qoldirmagan(ikki o‘yin natijasiga ko‘ra 5-1);
>>Madrid derbisi tarixidagi eng yaxshi 5 to‘purar
- Pley-offlarda ikki o‘yin natijasiga ko‘ra eng yirik hisob “Bavariya”ga tegishlidir 12-1(2009 yil “Sporting” bilan). “Arsenal” bilan o‘yin(10-2) esa bu borada ikkinchi bo‘ldi;
- “Bavariya” pley-offlarda ispan jamoalari bilan 18 bor to‘qnash kelgan. Natijalar quyidagicha: 9 g‘alaba va 9 mag‘lubiyat;
>>Bu mavsum avotogol muallifi bo‘lgan 10 nafar yulduz futbolchi

9. “Bavariya” ispan klublari bilan o‘z maydonida 25 marta o‘ynagan – 18 g‘alaba, 5 durang va 2 mag‘lubiyat;
>EChL. “Borussiya Dortmund” – “Monako” uchrashuviga oid faktlar
- “Real” EChL(EChK) chorak finalida 34 bor ishtirok etmoqda. Faqatgina 6 bor esa jamoa turnirdagi yurishini shu bosqichda yakunlagan. So‘nggi bor bunday xodisa 2004 yilda ro‘y bergan(“Monako” bilan);
- “Real” Germaniyada 30 marta o‘ynagan. Natijalar esa quyidagichadir: 4 g‘alaba, 7 durang va 19 mag‘lubiyat;
- “Real”ning nemis jamoalari bilan pley-offdagi statistikasi – 13 g‘alaba va 8 mag‘lubiyat.
Tavsiya etamiz:
- Hakamlar “Barselona”ga yon bosadi(mi)
- “O‘zbekiston – Bahrayn o‘yinini eslab” yoxud Angliyada ham shunday xato bo‘ldi!
- Ahmedov Irismetovni quvib o‘tdi yoxud O‘zbekiston terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar
Shahzod Xolboev tayyorladi

Izohlar (0)