Boks bo‘yicha terma jamoamiz Osiyo chempionatida umumjamoa hisobida 2-o‘rinni egalladi

  • 07.08.2017 18:49
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Filippinda boks bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati yakunlandi. Hal qiluvchi bellashuvlarda olti nafar bokschimiz ishtirok etib, uch nafari shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi.

Final janglari natijalari bilan tanishing:

52kg:
Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jaev - Bibars Jekshen (Qozog‘iston) - 1:4

54kg:
Rahmatullo Toshpo‘latov - Aitjan Ashirxan (Qozog‘iston) - 0:5

57kg:
Javlonbek Yuldashev - Seon Gun Gox (Janubiy Koreya) - 5:0

63kg:
Nurislom Ismoilov - Umar Kuvanchbek Uli (Qirg‘isiston) - 4:1

66kg:
Asadbek Jumaniyozov - Sora Tanaka (Yaponiya) - 0:5

+80kg:
Shohruh Almatov - Satender Singh (Hindiston) - 3:2

Shuningdek, yarim final janglaridan so‘ng Muhammadmuso Abduraxmanov (46 kg), Ruslan Abdullaev (48 kg), Sherzod Qodirboev (60 kg) va  Kamronbek Raxmonov (80 kg) bronza medallari bilan taqdirlanishdi.

Shunday qilib, O‘zbekiston terma jamoasi o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida 3 ta oltin, 3 ta kumush va 4 ta bronza medal bilan Qozog‘istondan keyin ikkinchi o‘rinni egalladi.

Ma’lumot uchun: Musobaqada qit’amizning 18 ta mamlakatidan 138 nafar yosh charm qo‘lqop ustalari qatnashdi. Bokschilar 13 ta vazn toifasida o‘tkazildi. Quvonarlisi, qit’a chempionatida O‘zbekiston, Qozog‘iston va Hindiston terma jamoalari to‘liq tarkib bilan ishtirok etishdi. Terma jamoamiz tarkibida 13 nafar bokschidan o‘ntasi yakunda sovrinli o‘rinlarga sazovor bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!