Bokschilarimizning yangi avlodi oltin medallarga ega chiqdi

  • 17.06.2017 15:51
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Ozarbayjonda boks bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida «Prezident Haydar Aliev» turnirida O‘zbekiston terma jamoasi bokschilari uchta oltin, bitta kumush va ikkita bronza medalga sazovor bo‘ldi.

 

O‘zbek bokschilari qudratini ko‘rsatdi

Musobaqa ishtirok etayotgan o‘zbek bokschilaridan to‘rt nafari final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan edi. Eng og‘ir - vazni 80 kilogrammdan oshiq bo‘lgan bokschilar musobaqasida Shohruh Almatov vengriyalik Levente Kiss Xunor va ukrainalik Dmitro Bordyukni engib, oltin medal uchun jang qildi.

Finalda mezbonlar vakili Vugar Samadov hamyurtimizga hech qanday qarshilik ko‘rsatolmadi va mag‘lubiyatini oldi.

75 kilogramm vaznda Madiyor Rajabov ukrainalik Vladislav Marchuk hamda mezbonlar vakili Murod Allaxverdievni mag‘lub etib, finalga chiqqan edi. So‘nggi jangda o‘zbek bokschisi vengriyalik David Kojianni 5:0 hisobida taslim qildi.

Og‘irligi 50 kilogramm bo‘lgan Amirbek Ibodullaev oltin medal uchun bo‘lgan jangda gruziyalik Eldar Goglashvi ustidan zafar quchdi.

O‘zbekistonlik bokschilardan Javlonbek Yo‘ldoshev kumush, Jasur Yo‘ldoshev va Xayrulla Alimatov bronza medalga loyiq topildi.

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!