
Boku-2017: Osiyo vakillariga atalgan bellashuvda Ulug‘bek Alimov kumush medalni qo‘lga kiritdi
Ozarboyjon poytaxti Boku shahrida o‘tkazilayotgan Islom birdamlik o‘yinlarining og‘ir atletika bahslarida g‘oliblar nomi aniqlanmoqda.
Musobaqaning erkaklar o‘rtasida -85 kilogramm vazn toifasida ishtirok etayotgan hamyurtimiz Ulug‘bek Alimov 339 kilogramm toshni o‘ziga bo‘ysundirgan holda, kumush medali sohibiga aylandi.
Shuningdek, ushbu vazn toifasida oltin medalni iroqlik Safaaa al Jumayli qo‘lga kiritgan bo‘lsa, kuchli uchlikni Saudiya Arabistoni vakili Halil al Hamqan yakunlab berdi.
Fikrlar