Bonuchchi: "Yuventus" – mening uyim

  • 03.08.2018 15:15
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Tajribali himoyachi Leonardo Bonuchchi “Yuventus”ga qaytgach, o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Bunday bo‘lishini tasavvur qilish judayam qiyin edi, bu fantastika. Men judayam xursandman. Turin – bu mening uyim, “Yuventus” – bu mening uyim. Bu erga yana qaytganimdan baxtiyorman”, - deydi 31 yoshli himoyachi.

Eslatib o‘tamiz, Bonuchchi 2011-2017 yillarda “keksa sinora” sharafini himoya qilgan. Shundan so‘ng bir mavsum “Milan”da o‘ynadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!