
Bonuchchi "Yuventus"ni boshqarmoqchi
Turinning "Yuventus" klubi himoyachisi Leonardo Bonuchchi o‘zining kelajak rejalari haqida gapirib o‘tdi.
“Mening orzuim grand jamoalarda ustozlik qilish, balki bu “Yuventus” bo‘lar. Aynan shu erda faoliyatim davomida ko‘plab murabbiylardan o‘rgangan sirlarimni ishlatishim mumkin.
Men bu haqda bir necha yil o‘yladim. Futbolda aynan shu rolda qolmoqchiman. Xatto “Yuventus”da bo‘lsa ham”, - deydi Bonuchchi.
Eslatib o‘tamiz, 31 yoshli futbolchi “Milan”dagi bir yillik faoliyatidan so‘ng yozda yana “Yuventus”da qaytgan edi.
Fikrlar