Boxing Day: “Manchester Siti” bir kishi kam bo‘lib “Byornli”ni mag‘lubiyatga uchratdi
Angliya chempionati 20-turida “Manchester Siti” o‘z maydonida “Byornli” futbolchilarini qabul qildi. Mazkur bellashuvda “shaharliklar” 2:1 hisobida zafar quchdi.
Uchrashuvning 32-daqiqasida Fernandino raqib futbolchisiga nisbatan qo‘pol o‘ynagani uchun maydondan chetlatildi. Shunga qaramay, Pep Gvardiola jamoasi o‘zini yo‘qotib qo‘ymadi va kurashda davom etdi.
58-daqiqada Gael Kilish hisobni ochdi. 4 daqiqadan keyin Serxio Aguero "Man Siti" ustunligini oshirdi. 70-daqiqada Mi hisobni qisqartirishga erishdi. Ammo shundan keyin hisob o‘zgarmadi va "shaharliklar" 3 ochkoga ega bo‘ldi.
Manchester Siti – Bernli 2:1
Gollar: 1:0 – 58 Klishi, 2:0 – 62 Aguero, 2:1 – 70 Mi.
Manchester Siti – Bravo, Otamendi, Klishi, Sanya, Kolarov, Ture, Fernandino, de Bryuyne, Navas (Silva, 46), Sterling (Stounz, 89), Ixeanacho (Aguero, 46).
Byornli – Xiton, Kin, Uord, Louton, Mi, Boyd, Xendrik, Gudmundsson (Defur, 59), Arfild (Bemford, 88), Barns (Vouks, 69), Grey.
Ogohlantirishlar: Xendrik (38), Ture (41), Kolarov (71), Sanya (71), Kin (80), Grey (90), Silva (90).
Chetlatish: Fernandino (32).

Fikrlar