Brendan Rojers yana APLga qaytishi mumkin

  • 24.02.2019 17:21
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Shotlandiyaning “Seltik” klubi bosh murabbiyi Brendan Rojers yana APLga qaytishi mumkin.

The Guardian nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 51 yoshli mutaxassisga bugun Klod Pyuelni iste’foga chiqargan “Lester” qiziqish bildirmoqda. Ta’kidlash kerakki, “tulkilar” Rojers bilan bundan avval ham bog‘lanishgan, ammo o‘shanda u mavsumni “Seltik”da yakunlash rejasi borligini bildirgan. Agar Rojers “Lester”ga rozilik bildirsa, APL klubi uni yozgacha kutishga tayyor.

Eslatib o‘tamiz, Rojers 2012-2015 yillarda “Liverpul”ni boshqargan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!