Bugun “Asian Fight-2017” musobaqasida sportchilarimiz ringga chiqishadi
Bugun, 9 sentyabr kuni O‘zbekiston penchak-silat federatsiyasi tomonidan Toshkentda mikst silat bo‘yicha tashkil qilinishi rejalashtirilgan “Asian Fight 2017” xalqaro janglar shousi bo‘lib o‘tadi. Unda yurtimizning eng kuchli yakkakurashchilari vatanimiz sharafini himoya qilishadi.
“Bunyodkor” stadionida o‘tadigan ushbu shouda sakkiz nafar yakkakurashchimiz ringga chiqishi rejalashtirilgan. Janglar 18:00da boshlanadi.
57 kg
Isroil Rasulov (O‘zbekiston) – Muhammad Xairi (Singapur)
66 kg
Ayubxon Kamolov (O‘zbekiston) – Vikash Dahiya (Hindiston)
Anvar Boynazarov (O‘zbekiston) – Gulam Dastagir (Afg‘oniston)
70 kg
Muhammadali Toshturg‘unov (O‘zbekiston) – Bektur Mangiev (Qirg‘iziston)
77 kg
Ulug‘bek Umarov (O‘zbekiston) – Abdul Sami Fayziy (Afg‘oniston)
86 kg
Mahmud Muradov (O‘zbekiston) – Ziya Mirzaev (Ozarbayjon)
91 kg
Hasanxon Baratov (O‘zbekiston) – Mixail Xoldorkin (Rossiya)
115 kg
Jasur Mirzamuhammedov (O‘zbekiston) – Vartan Aparian (Kipr)
Shouning maxsus mehmoni sifatida gollivud yulduzi – aktyor, musiqachi (qo‘shiqchi, gitarist), kinoprodyuser, stsenarist, kinorejissyor, jang san’atlari ustasi (aykido 7-dan belbog‘i sohibi) amerikalik Stiven Sigal tashrif buyuradi.
O‘tkazib yubormang va sportchilarimizni qo‘llab-quvvatlang!

Fikrlar