Bugun Respublika musobaqasiga start beriladi

  • 15.09.2018 11:59
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi
Bugun O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining sun’iy qoplamali maydonlarida 2001- 2005 yillarda tug‘ilgan futbolchilar o‘rtasida respublika musobaqasiga start beriladi. Bu haqda O‘FA rasmiy sayti xabar bermoqda. 

Musobaqaning birinchi bosqichi 20 sentyabr kuniga qadar davom etadi. Birinchi bosqich bahslarida 2001 yildda tug‘ilgan futbolchilar ishtirok etishadi. 

Bahslarda ishtirok etadigan jamoalar quyidagilar: 
 
"A" guruhi
 
Toshkent viloyati
Navoiy
Qoraqolpog‘iston Respublikasi
Surxondaryo
 
"B" guruhi
 
Farg‘ona
Sirdaryo
Jizzax
Qashqadaryo
 
"S" guruhi
 
Xorazm
Namangan
Buxoro
 
"D" guruhi
 
Toshkent shahar
Samarqand
Andijon
 
Eslatib o‘tamiz 2001 yilda tug‘ilgan bolalar o‘rtasidagi Respublika musobaqasi 15 sentyabrdan 20 sentyabrgacha davom etadi. 2002 yilda tug‘ilgan bolalar o‘rtasida 25-30 sentyabr kunlari, 2003 yilda tug‘ilgan bolalar o‘rtasida 20-25 oktyabr, 2004 yilda tug‘ilgan bolalar o‘rtasida 8-13 oktyabr, 2005 yilda tug‘ilgan bolalar o‘rtasida esa 5-10 noyabr kunlari Respublika musobaqasi bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!