
Buyuk Britaniya termasi sardori: O‘zbekistonga qarshi to‘qnashuvga tarkib tanlash oson bo‘lmadi
Termamizga qarshi o‘yinlarda uch karra "Katta dubulg‘a"lar g‘olibi bo‘lgan Endi Marrey va Britaniyaning birinchi raketkasi Kayl Emundlar ishtirok etmasligi borasida xabar bergan edik.
"Men jamoamiz tarkibidan qoniqmoqdaman. Daniel Evansning natijalariga qarang. U may oyidan beri ko‘plab o‘yinlar o‘tkazdi va ko‘plab raqiblarni mag‘lub etdi. U hozirda juda yaxshi formada.
Kemeron Norri esa so‘nggi bir yarim yilda katta o‘sishga erishdi. Yo‘q, bu degani tarkibni aniqlash oson bo‘ldi degani emas. Jey Klark ham yaxshi o‘yin ko‘rsatmoqda. U o‘zining dastlabki "Chellenjer"ini qo‘lga kiritdi", - dedi Smit.
Ma’lumot uchun, Buyuk Britaniya - O‘zbekiston o‘yini bugun boshlanadi. Dastlab Denis Istomin Den Evansga qarshi kortga chiqadi va mazkur uchrashuv "Sport" telekanali orqali jonli efirda namoyish etiladi.
Fikrlar