“Chelsi” Azarning narxini e’lon qildi

  • 12 iyul, 2018, 15:41
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning “Chelsi” klubi o‘z etakchisi Eden Azarning transfer bahosini e’lon qildi.

Tecno

Ispan OAVlari tarqatgan xabarga ko‘ra “aristokratlar” rahbariyati 27 yoshli belgiyalik yarim himoyachini 130 mln evroga sotish bo‘yicha bir qarorga kelgan.

Eslatib o‘tish lozimki, ayni damda Azar uchun Ispaniyaning ikki grandi – “Real” va “Barselona” jiddiy kurash boshlagan.

Ma’lumot uchun, Azar o‘tgan mavsum “Chelsi” safida jami 52ta o‘yinda maydonga tushgan va o‘z hisobiga 17ta gol hamda 13ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!