"Chelsi" futbolchisi mavsumni Frantsiya chempionatida o‘tkazadigan bo‘ldi

  • 23.08.2018 14:10
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Chelsi" yarim himoyachisi Lukas Pyazon yangi mavsumni "Reyms" klubida o‘tkazadigan bo‘ldi. Bu haqda The Sun nashri xabar tarqatmoqda.

Unga ko‘ra frantsuz klubi londonliklar bosh murabbiyi Mauritsio Sarrining rejalariga kirmagan ushbu 24 yoshli braziliyalik futbolchini bir mavsumga ijaraga olgan.

Ma’lumot uchun, Pyazon 2011 yildan buyon "Chelsi" a’zosi hisoblanadi. U o‘tgan davr mobaynida "Malaga", "Vitess", "Ayntraxt", "Reding" va "Fulxem" kabi jamoalarda ijara asosida o‘ynab keldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!