"Chelsi" va PSJ yozda bir futbolchi uchun kurashadi

  • 4 fevral, 2019, 20:43
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Sevilya" yarim himoyachisi Pablo Sarabiya "Chelsi" va PSJ klublirining asosiy transfer nishoniga aylandi. Bu haqda Etadio Deportivo nashri xabar bermoqda.

Tecno

Unga ko‘ra londonliklar ham, parijliklar ham yozgi transferlar davrida asosiy e’tiborini 26 yoshli ispaniyalik futbolchini sotib olishga qaratishadi. Qayd etish lozimki, uning shartnomasiga ko‘ra tovon puli 22 mln evroni tashkil etadi.

Ma’lumot uchun, Sarabiya joriy mavsum andalusiyaliklar safida jami 36ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 16ta gol hamda 8ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning klub bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2020 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!