
Daily Star: Mourinoning o‘rnini Zidan yoki Konte egallaydi
Ingliz nashrlari kursisi ancha qimirlab qolgan "Manchester Yunayted" klubi bosh murabbiyi Joze Mourinoning o‘rnini egallashi mumkin bo‘lgan 2ta asosiy nomzodni e’lon qilishdi.
Daily Star nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 55 yoshli portugaliyalik mutaxassisning o‘rnini ayni damda ishsiz yurgan Zinedin Zidan yoki Antonio Kontelardan biri egallashi mumkin.
Aytish lozimki, ayni damda har ikkala mutaxassis ham ishsiz yurganini inobatga olsak, MYudan bo‘ladigan taklif ular uchun qiziq bo‘lishi tabiiy.
Fikrlar