
Deniel Jeykobs Saul Alvaresni mag‘lub etishiga ishonmoqda
O‘rta vazn toifasida IBF chempionlik kamari sohibi amerikalik Deniel Jeykobs ushbu vaznda WBC va WBA meksikalik Saul "Kanelo" Alvares bilan bo‘ladigan jangda g‘alaba qozonishiga ishonmoqda.
– Umid qilamanki, hakamlar haqqoniy ishlashadi. Men Alvaresning butun faoliyatidagi eng kuchli raqiblaridan biri bo‘ladi. Agar Golovkinga qarasangiz, menchalik tezkor emas. Bo‘yi pastroq, ammo qo‘llari uzun. O‘ylaymanki, Alvaresga qarshi jangda ochkolar bo‘yicha yutaman. Balki nokaut ham bo‘lishi mumkin, – deya Jeykobsning so‘zlarini keltiradi Boxingnews nashri.
Eslatib o‘tamiz, “Kanelo” Alvares va “Mo‘jizaviy-odam” o‘rtasidagi jang may oyida Nyu-York yoki Las-Vegasdagi stadionlardan birida bo‘lib o‘tadi.
Avvalroq bokschilar jangga yaqin har bir vazn o‘zgartirish uchun 300 ming dollar to‘lashlari xabar qilingan.
Fikrlar