Denisovning jamoasi jahon chempioni bilan shartnoma imzoladi

  • 31 iyul, 2018, 21:38
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Germaniyalik himoyachi Benedikt Xevedes faoliyatini Moskvaning “Lokomotiv” klubida davom ettiradigan bo‘ldi.

“Temiryo‘lchilar” rasmiy saytining xabar berishicha 30 yoshli futbolchi Rossiyaning amaldagi chempioni bilan 4 yillik kelishuv imzolagan. Rimda muvaffaqiyatli tibbiy ko‘rikdan o‘tgan Xevedes tez orada yangi jamoasi safiga kelib qo‘shiladi.

Ma’lumot uchun, 2014 yilgi jahon chempioni 2007-2017 yillarda “Shalke”, o‘tgan mavsumni esa “Yuventus”da o‘tkazgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!