
Doping aniqlanish holatlari bo‘yicha 2016 yil tahlillari e’lon qilindi
Xalqaro antidoping agentligi WADA 2016 yil davomida doping aniqlangan holatlar yuzasidan rasmiy bayonot berdi. Unga ko‘ra, olimpiya yili davomida jami 1595 marotaba doping tahlillari ijobiy natija bergan.
Bu raqamlar 112 ta sport turi va 117 mamlakatni o‘z ichiga oladi. Sport turlari orasida engil atletika bo‘yicha eng ko‘p tahlillar aniqlangani ma’lum. "Sport qirolichasi"dan jami 205 bora ijobiy ko‘rsatkich olingan. Ikkinchi o‘rinda bodibilding va uchinchi o‘rinda velosport. Shuningdek, og‘ir atletika va futbol sport turlari mos ravishda qolgan o‘rinlarda qayd etilgan.
Mamlakatlar ro‘yxatini esa Italiya "boshqarmoqda". 2016 yil "Skuadra Adzurra"ning 147 sportchisidan doping chiqqan. Frantsuzlarda bu ko‘rsatkich 86 tani tashkil qiladi va ular bu borada ikkinchi o‘rinda. "Kuchli uchlik"ni AQSh yopib bergan – 76 ta.
Fikrlar