Dunyoning eng tezkor odami Useyn Bolt Olimpiada oltin medalidan ayrildi

BEPUL PROPAN
 
Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi jahon rekordchisi, ko‘p karra Olimpiya o‘yinlari g‘olibi yamaykalik sprinter Useyn Boltni 2008 yili Pekinda o‘tkazilgan Olimpiada qo‘lga kiritgan oltin medalini olib qo‘ydi.
Gap shundaki, o‘tkazilgan doping tekshiruvlar natijasida Pekin Olimpiadasining engil atletika musobaqalarida 4x100 estafetasida g‘olib chiqqan Useyn Boltning jamoadoshlaridan biri Nest Karter ta’qiqlangan modda - turinabol aniqlangan. Shu tufayli estafetada yugurgan yamaykalik atletlarning barchasi oltin medalini qayta topshiradi.
Nest Karter esa medalni topshirishdan tashqari bir yarim yil mobaynida musobaqalardan chetlatiladi.
Xalqaro Olimpiya qo‘mitasining ushbu qaroridan keyin 30 yoshli Useyn Boltning hisobida Olimpiada oltin medal sakkizta bo‘lib qoldi.
SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!