
EChL. Tajriba ustunmi yoki yoshlik shijoati
Hech kim deyarli e’tibor ham qilmagan bo‘lsa kerak. 1/8 finalda “Manchester Siti”ni ortda qoldirgan “Monako” safida naqd 8 futbolchi xali 24 yoshga ham to‘lmagan edi. O‘sha o‘yinda gol kiritgan Kilian Mbappe 18, Temue Bakayoko 22 va Fabino 23 yoshda. O‘zini ko‘rsata olgan Bernardu Silva va Benjamen Mendilar endigina 22 bahorni qarshilashgan. Andrea Radji o‘rniga zahiradan o‘yinga qo‘shilgan Almami Ture esa endigini 20 ga to‘lgan edi. Umuman olganda, “Monako”ning o‘sha bahsdagi o‘rtacha yoshi 22 ni tashkil etgan edi. Shunday ekan, 32 yoshli jamoa darvozaboni Daniel Subashich o‘zini “bolalar bog‘chasi”da yurgandek xis etsa kerak.
>>Yana 5 ta gol… Yoxud “Napoli” tarixidagi eng yaxshi 5 to‘purar
>>Mourinoning talabiga javob bermagan “10 yulduz”
>>APL hujumchilari bitta golni necha daqiqada kiritishadi?
Hozirda kurashni davom ettirayotgan jamoalar orasida ham aynan monegaskliklar eng yoshi sanalishadi – 25,28 yosh.
“Borussiya Dortmund” esa bu borada ikkinchi o‘rinda turadi. Dortmundliklar safida 18 yoshli Pulishich, 19 yoshli Dembele va 21 yoshli Vaygllar mavjud.
“Qariya” jamoalar esa bu “Bavariya”, odatdagidek “Yuventus”dir. Mos ravishda 28,41 va 29,55 yosh.
>>Xalqaro Chempionlar kubogi turniri haqida
Jamoalarning o‘rtacha yoshi:
“Monako” - 25,28 yosh
“Borussiya Dortmund” – 25,63
“Barselona” – 27,24
“Atletiko” – 27,37
“Real” – 27,48
“Lester” – 28,28
“Bavariya” – 28,41
“Yuventus” – 29,55
Tavsiya etamiz:
- Hakamlar “Barselona”ga yon bosadi(mi)
- “Real”ning 7-raqam egalari
- Ahmedov Irismetovni quvib o‘tdi yoxud O‘zbekiston terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar
Shahzod Xolboev tayyorladi
Fikrlar