Edin Jeko: Rimda baxtliman
“Roma” klubi forvardi Edin Jeko Rimda baxtli ekani va shu sababli ham jamoadan ketishni istamagani haqida aytib o‘tdi.
“Menga bu erda juda qulay. Bu yanvarda jamoadan ketmaganimga asosiy sabab. Mening xotinim va bolalarim bu erda juda baxtli.
Garchi o‘tgan mavsum birorta ham sovrin qo‘lga kirita olmagan bo‘lsakda, bizda ajoyib jamoa shakllandi. Ayniqsa Chempionlar ligasida. Umid qilamanki yangi mavsumda bundanda yaxshiroq ishtirok etamiz”, - deydi Jeko.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan qishki transferlar davrida Jekoga Londonning “Chelsi” klubidan jiddiy takliflar bo‘lgan, ammo futbolchi Rimda qolishga qaror qilgan edi.
Fikrlar