Ektor Kuper: Terma jamoamizdagi o‘sishni barcha ko‘rdi
"Uchrashuv ajoyib tarzda o‘tdi. Nafaqat natijadan balki futbolchilarning topshiriqlarni yaxshi bajarganlaridan xursand bo‘ldim.
Bizda pressingda oqsash sezilmoqda. Bu jihat ayniqsa bugungi Qatar bilan bo‘lgan o‘yinda sezildi.
Jamoaning qarshi hujumdagi o‘yini meni qoniqtirdi. Tartibli o‘yin ko‘rsatar ekanmiz bizda hujum uchun imkoniyatlar paydo bo‘laveradi. Terma jamoamizdagi o‘sishni barcha ko‘rdi.
Ikkinchi yig‘inimiz juda ham yaxshi o‘tdi. Jiddiy muammolarga duch kelmadik. Bundan buyon futbolchilarga bo‘lgan talablarni oshirib boramiz. Terma jamoaning o‘zagi deb hech qaysi o‘yinchilarni ayta olmayman. Hech kim uchun terma jamoada joy kafolatlanmagan. Osiyo kubogi boshlangunga qadar kimdadir o‘sish bo‘lsa kimdadir pasayish kuzatilishi aniq.
Men hissiyotlarga berilishimning sababi jahlim chiqqanidan emas balki futbolchilarning faolligini oshirish uchundir", - dedi Kuper.
Fikrlar