
Ektor Kuper Ummon ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
"Ummon bugun kuchli o‘yin namoyish qildi. Biz ko‘p vaziyatlarda to‘pni raqibdan olib qo‘yishga qiynaldik. Bugun ikki xil taym o‘tkazdik.Birinchi bo‘limda yaxshi harakat qilgandik. Ammo ikkinchi taymda biz ustunlikni raqibga berib qo‘ydik. Ummon o‘yini nazorat qilishga muvaffaq bo‘ldi. Biz hududlarda yopishga qiynaldik, raqibimiz bundan unumli foydalandi. Lekin hisob tenglashgandan keyin ham g‘alaba qozonishimizga ishonch bor edi menda. Osiyo Kubogini g‘alaba bilan boshlaganimizdan xursandman.
Terma jamoa a’zolari jismoniy jihatdan yaxshi formadalar. Shunchaki bugun birinchi o‘yin bo‘lgani uchun bir oz asabiylashdilar. Biz Ummonga qarshi uchrashuvda to‘pni nazorat qila olmaganimiz uchun ham ko‘p yugurishga, ko‘p kuch yo‘qotishga majbur bo‘ldik. Keyingi o‘yinlarda bu xatolarimizni to‘g‘irlashga harakat qilamiz.
Gol kiritilgan vaziyatda ikki futbolchi a’lo darajada harakat qildi. Lekin men har doim jamoaviy o‘yinga e’tibor qarataman. Futbolchilarga alohida baho bermayman. Yutsa butun jamoa yutadi. Ba’zi futbolchilarni oldimga chaqirib, ularga alohida ko‘rsatma berishim mumkin, lekin doimo ularni bir jamoa bo‘lib harakat qilishga chaqiraman", - deb Kuperning so‘zlarini keltirib o‘tdi O‘FA rasmiy sayti.
Fikrlar