"El Klasiko"ning eng zo‘r to‘purarlari

  • 2 dekabr, 2016, 09:25
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO
 
3 dekabr kuni Ispaniya chempionatining markaziy uchrashuvi - "Barselona" va "Real" o‘rtasidagi "El Klasiko" jahondagi barcha futbol muxlislariyu mutaxassislarining e’tiborini tortadi.
 
Statistika bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar "El Klasiko" tarixidagi eng zo‘r to‘purlarning reytigini tuzib chiqdi. Eng ahamiyatlisi, reyting etakchilaridan ikki nafari - Krishtianu Ronaldu va Lionel Messi ertaga bo‘ladigan o‘yinda maydonda javlon uradi.
 
"El Klasiko" to‘purarlari:
 
10. Yugo Sanches (Real Madrid) – 10 ta gol.
 
Meksikalik hujumchi "Real"da etti yil to‘p surdi va jami 283 ta uchrashuvda 208 ta gol urgan.
 
9. Xosep Samiter (Barselona) – 10 ta gol
 
Samiter 1991-1932 yillar davomida "Real" darvozasiga o‘nta gol urgan va keyin Madrid jamoasiga ko‘chib o‘tib, ikki yil "Real"da o‘ynagan.
 
8. Santilyana (Real Madrid) – 12 ta gol
 
Santilyana "Real" tarkibida 461 bor maydonga tushgan va 186 ta golga mualliflik qilgan.
 
7. Pako Xento (Real Madrid) – 14 ta gol
 
 
1953-1971 yillar davomida Madrid klubi sharafini himoya qilgan futbolchi jami 128 ta gol urgan.
 
6. Ferents Pushkash (Real Madrid) – 14 ta gol
 
Vengriyalik mohir to‘purar "Real"ga faoliyatini yakunlash arafasida - 31 yoshida qo‘shilganiga qaramay, madridliklar uchun 180 ta o‘yinda 156 ta gol urgan.
 
5.Sesar Rodriges (Barselona) – 14 ta gol
 
16 mavsum davomida "Barselona" klubi sharafini himoya qilgan ispan hujumchisi 190 ta golidan 14 tasini madridliklar darvozasiga joylagan.
 
4. Raul (Real Madrid) – 15 ta gol
 
Afsonafiy Raul ham "Barselona"ga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvlarda alohida ishtiyoq bilan o‘ynagan. Raul 16 yil davomida "Real" uchun 323 ta gol urgan va ulardan 15 tasi "Barselona" darvozasiga borib tushgan.
 
3. Krishtianu Ronaldu (Real) – 16 ta gol
 
"Real" klubining bugungi kundagi etakchisi va eng zo‘r to‘purari Krishtianu Ronaldu mana etti yildan buyon Madrid klubi uchun 400 ta gol urib qo‘ydi. "El Klasiko"da Krishtianu 16 marta darvozani aniq nishonga olgan.
 
2. Alfredo Di Stefano (Real Madrid) – 18 ta gol
 
"Barselona" darvozasini eng ko‘p nishonga olgan futbolchi Alfredo Di Stefano hisoblanadi. 1952-1964 yillar davomida "Real" tarkibida 396 ta o‘yin o‘tkazgan Alfredo jami 307 ta gol kiritgan. Shulardan 18 tasi "Barselona" darvozasiga urilgan.
 
1. Lionel Messi (Barselona) – 21 gol
 
Nihoyat, Lilhonel Messi "El Klasiko" uchrashuvlarida eng ko‘p gol kiritgan futbolchi hisoblanadi. "Barselona"ning bugungi kundagi etakchisi Kataloniya klubi tarkibida 472 ta gol urdi. "Real" darvozabonlari esa Messining zarbalardan so‘ng 21 marta darvozadan to‘p olib chiqqan.
 
3 dekabr kuni bo‘ladigan "El Klasiko"da Messi va Ronalduning raqobatiga guvoq bo‘lamiz va ular yuqorida keltirilgan reytingga yangilik kiritishga qodir futbolchilardir.
 
SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!