
“El Klassiko”dan oldin “Barsa” sport formasidami? (Erkin G‘aybullaev blogi)
“Barselona” La Liganing so‘nggi turida “Sevilya”ga qarshi muhim uchrashuvni o‘tkazdi. Ammo ushbu o‘yin bo‘yicha bir qator shubhalar bor edi. 2-fevralda sonidan olgan jarohati sabab Lionel Messi 297 daqiqa ichida atigi bir gol urdi. “Real Valyadolid”ga qarshi urgan yagona goli ham penaltidan kiritildi. Uning yana sport formasiga qaytishi “Barsa”ning joniga oro kirdi.
“Sevilya”ga qarshi o‘yin ancha intensiv tarzda kechdi va argentinalik futbol dahosi hali to‘liq sport formasida emasligini bir qator vaziyatlarda ko‘rsatib qo‘ydi. Hujumchi o‘yin davomida bir qator yirik xatolarga yo‘l qo‘ydi. Uning to‘pni raqibga oldirib qo‘yishi bir marta kataloniyaliklarga qimmatga tushdi. Qarshi hujumga tezkorlik bilan o‘tib ketgan andalusiyaliklar Xesus Navasning aniq harakati evaziga mehmonlarni jazolashdi.
“Atletik” va “Lion”ga qarshi safar o‘yinlarda gol urishning uddasidan chiqa olmagani tufayli “Barsa” muxlislari ushbu goldan keyin ancha sarosimaga tushib qolishgani rost. Ammo ularning qo‘rqishiga hojat yo‘q. Chunki Messi “Sevilya”ga qarshi o‘ynashni juda yoqtiradi.
Ushbu o‘yindan oldin andalusiyaliklarga qarshi 36 o‘yin o‘tkazgan argentinalik futbolchi naq 33 marta jazolagan. Bu boshqa har qanday jamoaga urgan gollaridan ham ko‘proq degani. Albatta bu o‘lchov birligi bo‘la olmaydi, biroq uning “Sanches Pisxuan”dagi xet-trigi mag‘lubiyatni chiroyli g‘alabaga aylantirdi.
To‘pni raqibga oldirib qo‘yganidan keyin jamoasi gol o‘tkazib yuborganidan “Oltin to‘p”ning besh karra sohibi jahli chiqdi. Jahli chiqqan Messidan har qanday raqib qo‘rqishi kerak. Mezbonlarning golidan hech qancha vaqt o‘tmay, u Ivan Rakitichning ajoyib pasini chiroyli gol bilan yakunladi. 31 yoshli futbolchidan kutilmagan qaror bo‘ldi va u istagan uslubida gol urishda davom etmoqda.
Ammo “Barsa” Merkadoning golidan keyin yana hisobda ortda qola boshladi. Biroq ikkinchi bo‘lim boshidanoq Usmon Dembele va Serxi Robertolarning “jangga” tushirilishi mehmonlarga o‘yin nazoratini o‘rnatishga katta yordam berdi. Ammo Messi yana Tomas Vatsklikni xafa qildi.
Keyinroq Messi raqibni yana siquvga oldi va ancha ichkariroqda o‘ynay boshladi. G‘alaba to‘pi esa o‘yin tugashiga besh daqiqa qolganida yuz berdi. Karles Alenyaning darvoza tomon yo‘llagan zarbasini qaytarishda himoyachilar to‘sqinlik qilishdi. Biroq himoyachiga tegib o‘z yo‘nalishini o‘zgartirgan to‘pga Messi labbay deb javob berdi va Vatsklik ustidan to‘pni oshirgan holda muhim g‘alaba to‘pini kiritdi.
Shu tariqa barcha gollarini ajoyib uslubda kiritdi. Ushbu xet-trik hujumchi faoliyatidagi 50-si bo‘ldi.
Gol urish bilan cheklanib qolmasdan kataloniyaliklar sardori so‘nggi daqiqalar tugab borayotgan bir pallada Luis Suaresni birga-bir vaziyatga chiqarib yubordi. Urugvayli hujumchi ham bunday uzatmani navbatdagi bor ko‘kka sovurishga haddi sig‘madi va o‘yinga nuqta qo‘ydi.
“Lionel nafaqat uchta buyuk gollarini kiritdi. Siz ularni qachon, qaerda va qanday kiritganini tomosha qiling. U dunyoning eng zo‘r futbolchisi, chunki jamoa unga ehtiyoj sezganida u gollar urmoqda.
Bu o‘yindan ko‘rish mumkinki Messi aftidan jamoasining mag‘lubiyatini qarama-qarshi tomonga o‘zgartirib yubordi. Uning bu haftada bo‘lib o‘tadigan “El Klassikolar”dan oldin sport formasini tiklab olganini namoyish qilgani madridliklarni tashvishga solib qo‘ygan bo‘lsa ajabmas. “Barselona” va albatta Ernesto Valverde u tufayli juda baxtli tomonga aylanmoqda.
Fikrlar