Elina Svitolina frantsiya malikasini dog‘da qoldirdi

Birmingem shahrida o‘tayotgan “Nature Valley Classic – Birmingham” turnirining ikkinchi davrasida  ukrainalik Elina Svitolina va frantsiyalik Alize Korne o‘zaro raqobatlashdi.

Ikkinchi davraning markaziy uchrashuvi bo‘lgan ushbu bahsda Elina raqibini 6:4, 6:2 hisobida engib chorak finalga chiqdi.

Shu tariqa Svitolina chorak finalda ruminiyalik Mixaela Buzerneskuga qarshi kortga chiqadigan bo‘ldi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!