Endi "Bavariya" ham Isko uchun kurashga qo‘shildi

  • 7 dekabr, 2018, 11:10
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Isko uchun yana bir grand klub da’vogarlar qatoriga qo‘shildi.

Tecno

Tuttosport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 26 yoshli ispaniyalik futbolchiga endi “Bavariya” ham qiziqib qolgan. Myunxenliklar Iskoni yozda jamoani tark etadigan Aren Robben, Frank Riberi va Xames Rodriges kabi futbolchilardan birining o‘rnini egallashi mumkinligiga ishonishmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Isko uchun shuningdek "Yuventus" va "Manchester Siti" klublari ham jiddiy kurash olib borishmoqda.

Ma’lumot uchun, Isko joriy mavsum “Real” safida jami 15ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 4ta gol hamda 2ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!