Eng ko‘p medal poytaxtga ketdi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Nukus shahrida dzyudo bo‘yicha 2000-2001 yillarda tug‘ilgan o‘smirlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati yakunlandi.

 

O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan mamlakat chempionatida yurtimizning barcha hududlaridan 400 nafardan ziyod dzyudochi g‘oliblik uchun kuch sinashdi.

SPORTS.uz axborot portaliga ma’lum qilishlaricha, keskin va murosasiz o‘tgan musobaqada eng ko‘p oltin medalni Toshkent shahri vakillari qo‘lga kiritdi. O‘z vazn toifasida barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratgan poytaxtlik Zafarbek O‘rmonaliev, Jayxun Nazarov, Ernazar Hurramov, Edgar Grigoryan, Toshkent viloyati vakillari - Dilmurod G‘afurov, Rahim Ismoilov, Muzaffar To‘raboev, navoiylik Maqsud Ochilov, sirdaryolik Chingiz Shokirov shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi.

Ushbu musobaqada o‘z vazn toifasida sovrinli o‘rinlarni egallagan va o‘z mahoratini namoyish etgan dzyuchilari joriy mavsumda xalqaro miqyosida tashkil etiladigan musobaqalarda yurtimiz sharafini himoya qiladi.

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!