
Etakchi merganlarimiz jahon kubogida ishtirok etishadi
Germaniyaning Myunxen shahri o‘q otish sport turi bo‘yicha jahon kubogi seriyasining to‘rtinchi bosqichiga mezbonlik qilmoqda.
Musobaqalarda dunyoning 84 ta mamlakatidan 817 nafar sportchilar sakkizta individual va ikkita aralash mashqlarda yuqori o‘rinlarni qo‘lga kiritish uchun merganlik salohiyatini namoyish etishadi.
Jahon kubogining mazkur bosqichida ishtirok etish uchun kecha hamyurtlarimiz Sakina Mamedova hamda Vadim Skorovarov ham jo‘nab ketishgan.
Sportchilarimizdan birinchi bo‘lib S.Mamedova ertaga 10 metrlik nishonga pnevmatik miltiqdan o‘q otish bo‘yicha saralash bahslarida ishtirokini boshladi.
Sportchilarimizga omad tilaymiz.
Fikrlar