"Etixad"dagi styuardlar "Manchester Siti" futbolchisini tanishmadi

  • 4 yanvar, 2019, 14:03
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti" himoyachisi Benjamen Mendi kecha APLning 21-turida "Liverpul"ga (2:1) qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yindan so‘ng stadion xavfsizlik xodimlari (styuardlar) tomonidan qo‘lga olinishiga sal qoldi.

Tecno

Gap shundaki, 24 yoshli frantsiyalik futbolchi hakamning hushtagi chalinishi bilanoq jamoadoshlarini g‘alaba bilan tabriklash uchun maydonga yugurib chiqdi. Biroq, u shu kuni stadionga sariq kurtka va oppoq shimda tashrif buyurgan edi. Shu bois styuardlar uni muxlislardan biri deb ortidan borishdi. Ammo keyinchalik ular uning Benjamen Mendi ekanligini bilishdi va unga tegishmadi.

Eslatib o‘tamiz, Mendi ayni damda jarohatidan davolanish bilan band. Uning fevral oyi oxirlarida safga qaytishi aytilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!