FA: Arsen Venger to‘rtta uchrashuvga chetlatildi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

 

Angliya Futbol Assotsiatsiyasi Londonning "Arsenal" klubi bosh murabbiyi Arsen Vengerni 4 ta o‘yinga diskvalifikatsiya qildi. Ushbu qarorga kanonirlar ustozi Angliya chempionati 22 –tur doirasida "Byornli"ga qarshi uchrashuvda bosh hakamga keskin e’tiroz bildirgani hamda maydondan chetlatilgach, zaxira hakamini turtib yuborgani sabab bo‘lgan.

Qarorga muvofiq 67 yoshli futbol mutaxassisi o‘z jamoasining "Sautgempton", "Uotford", "Chelsi" hamda "Xall Siti" klublariga qarshi uchrashuvlarini muxlislari qatorida tomosha qiladi. Shuningdek unga 25 ming funt sterling miqdoridagi jarima puli ham belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, Arsen Vengerning uchrashuv hakamiga "Byornli" bilan o‘yinning qo‘shib berilgan daqiqalarda o‘z jamoasi darvozasi tomon belgilangan penaltiga keskin ohangda norozilik bildirgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!