
Frantsiya liga kubogi titul homiysiga ega bo‘ldi
Kecha 7 yanvar kuni Frantsiya futbol federatsiyasi Pro Evolution Soccer futbol simulyatori ishlab chiqaruvchisi hisoblangan Konami kompaniyasining Frantsiya liga kubogi titul homiysiga aylanganini e’lon qildi.
Endi Konami logotipi musobaqada ishtirok etuvchi barcha jamoa libosida paydo bo‘ladi.
Xabarda aytilishicha tomonlar o‘rtasidagi hamkorlik uzoq muddatga mo‘ljallangan. Biroq, futbol federatsiyasi ushbu hamkorlik shartnomasi qancha muddatga imzolangani va qancha mablag‘ berilishi borasida ma’lum qilmagan.
Fikrlar