Gamburg-2017: Elnur Abduraimov jahon chempionatini g‘alaba bilan boshladi
Gamburg shahrida davom etayotgan boks bo‘yicha jahon chempionati to‘rtinchi kun bellashuvlarida vakillarimizdan Elnur Abduraimov birinchi bo‘lib ringga ko‘tarildi.
60 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan bokschimiz ilk to‘qnashuvni armanistonlik Karen Tonakanyanga qarshi o‘tkazdi.
Murosasiz kechgan bahsda Elnur raqibiga deyarli imkoniyat bermadi va hakamlarning qaroriga ko‘ra, bir ovozdan g‘olib deb topildi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu jang g‘olibi keyingi bellashuvni 29 avgust kuni kechki dasturda hindistonlik Shiva Tapa va gruziyalik Otar Ernosyan juftligi g‘olibiga qarshi o‘tkazadi.

Fikrlar