Golovkin Saul Alvares bilan uchinchi jangni o‘tkazishi mumkin

  • 4 dekabr, 2018, 15:07
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

O‘rta vazn toifasida sobiq jahon chempioni Gennadiy Golovkin promouteri Tom Lefflyor so‘zlariga ko‘ra, qozog‘istonlik bokschi kelasi yil mart va may oylari oralig‘ida jang o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Ushbu vazn chempioni Saul Alvares bilan uchinchi jang ham ularning rejalariga kiradi.

Tecno

Gennadiy boksda eng ko‘p sotiladigan va ommabop sportchilardan. Men hamon uni chempion deb atayman, chunki so‘nggi jangda u yutqazmadi.

Alvares bilan uchinchi jangni xohlamaslikka hech bir sabab yo‘q. Moliyaviy rejada har ikki bokschi uchun ham bu eng yirik to‘qnashuv. Golovkin va Saul qarama-qarshiligi OAV e’tiborida bo‘ldi va dastlabki ikki jangda hakamlar qarori ko‘plab bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi. O‘ylaymanki, bu jangga har ikki tomondan katta qiziqish bor, – deya Lefflyorning so‘zlarini keltiradi Ring TV.

Eslatib o‘tamiz, bu bokschilarning ilk to‘qnashuvida durang qayd etilgan bo‘lsa, ikkinchi jangda Saul ochkolar bo‘yicha Golovkindan ustun keldi va chempionlikka ega chiqdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!