Grizmann "Real"ga o‘tib ketishi mumkinligini aytdi
Madridning “Atletiko” klubi etakchisi Antuan Grizmann o‘zining “Real”ga o‘tib ketishi mumkinligini yashirmadi.
“Real”? Hech narsani iste’sno qilmayman. Ammo, men hozir “Atletiko”da baxtliman”, - deydi frantsiyalik hujumchi Marca nashriga bergan intervyusida.
Ma’lumot uchun, Grizmanning “matraschilar” bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar imzolangan. Antuanning xizmatlariga shuningdek “Chelsi” va “Manchester Siti” klublari ham jiddiy qiziqish bildirmoqda.



Fikrlar