Gvardiola: "Chelsi"ga qarshi o‘yin bunday hisobda yakunlanadi deb o‘ylamagandim
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola kecha "Chelsi" (6:0) ustidan qozonilgan yirik g‘alabadan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Fantastik o‘yin, fantastik hafta. Jamoam "Arsenal" va "Everton" qarshi og‘ir o‘yinlardan so‘ng mana shunday kuchli raqibni mag‘lubiyatga uchratganidan xursandman. Futbolchilarim maqtovga loyiq. Biroq, “Chelsi”ga qarshi o‘yin bunday hisobda yakunlanadi deb o‘ylamagandim”, - deydi Gvardiola.
Eslatib o‘tamiz, kechagi g‘alabadan so‘ng “shaharliklar” yana peshqadamlikni o‘z qaytarib olishdi.

Fikrlar