Gvardiola "Lion"ning 20 yoshli futbolchisiga qiziqib qoldi

  • 21.12.2018 09:15
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Manchester Siti" klubi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola "Lion" xavbeki Ussama Auarega jiddiy qiziqish bildira boshladi.

The Sun nashri tarqatgan xabarga ko‘ra kataloniyalik mutaxassis 20 yoshli futbolchini kelajakda Fernandinoga munosib o‘rinbosar bo‘la olishiga ishonmoqda.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Auarega "Liverpul", Chelsi" va "Yuventus" klublaridan jiddiy qiziqishlar bo‘layotgani haqida xabar tarqalgan edi.

Ma’lumot uchun, Auarega joriy mavsum “Lion” safida jami 23ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 6ta gol hamda 5ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!