Gvardiola "Manchester Siti"dan boshqa APL klubini boshqarmaydi, chunki...

  • 25.10.2018 18:17
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Manchester Siti" klubi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola kelajakda APLning boshqa bir jamoasini ham boshqarishi mumkinligi haqidagi savolga javob berdi.

“Menga “Siti” boshqaruvidagi statistikamni ko‘rish judayam yoqimli. Ammo, raqamlar hech narsani anlatmaydi. Asosiy gap qo‘lga kiritilgan sovrinlarda. Men hamisha “Manchester Siti” muxlisi bo‘lib qolaman. Shu bois men APLning boshqa jamoasida ishlay olmayman. Men “Siti” muxlislari va bu erda ishlaydigan odamlar bilan juda ham yaqin munosabatdaman”, - deydi Gvardiola.

Ma’lumot uchun, 47 yoshli mutaxassis “Manchester Siti”ni 2016 yildan buyon boshqarib kelmoqda. Jamoa uning qo‘l ostida Angliya chempionligi, Angliya Superkubogi hamda Angliya Liga kubogini qo‘lga kiritdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!