Gvardiola "Manchester Siti"ga 17 yoshli ispaniyalik futbolchini olib kelmoqchi

  • 02.11.2018 23:18
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Xixonning "Sporting" klubi xavbeki Pelayo Morilya faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettirmoqchi.

Mirror nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 17 yoshli ispaniyalik futbolchiga shaxsan "Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jiddiy qiziqish bildira boshlagan. Ta’kidlash kerakki, “shaharliklar” skautlari allaqachon Ispaniyaga etib borishgan va ayni damda Morilyaning o‘yinlarini jiddiy kuzata boshlashgan.

Ma’lumotlarag qaraganda Gvardiola ushbu futbolchini qishki transferlar davridayoq o‘z jamoasi safiga qo‘shib olmoqchi. Uning xixonliklar bilan amaldagi shartnomasi esa 2020 yilga qadar tuzilgan.

Morilya joriy mavsum hozircha “Sporting” safida jami 3ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z nomiga 1ta gol yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!