Gvardiola "Manchester Siti"ning muhim futbolchisi kimligini aytdi

  • 21.10.2018 22:16
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Manchester Siti" klubi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola kecha "Byornli"ga (5:0) qarshi bahsda qo‘lga kiritilgan yirik g‘alabadan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. U o‘z nutqida braziliyalik yarim himoyachi Fernandinoni maqtab o‘tdi.

“Fernandino bugun juda tezkor o‘yin ko‘rsatdi. U shubhasiz bizning eng muhim futbolchilarimizdan biri. Bugungi o‘yinda u juda yaxshi o‘yin ko‘rsatdi, hujumda ham, qanotlarda ham va yarim himoyada ham harakat qildi. U to‘pni egallagan har qanday vaziyatda bor mahoratini ishga soladi.

Fernandino faoliyatidagi eng zo‘r mavsumlardan birini o‘tkazmoqda. U biz uchun muhim futbolchi”, - deydi Gvardiola.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!