
Humoyun Rossiyaning engilmas chempioniga qarshi jang qiladi
2 may kuni Rossiyaning Ekaterinburg shuhrida tashkil etiladigan professional boks kechasida o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustasi Humoyun Rustamov mezbonlarning engilmas bokschi bilan jang qiladi.
Professional ringda uchta jang o‘tkazib, bir marta g‘alaba qozongan hamyurtimiz rossiyalik raqibi Murod Arslonov bilan olti raunlik reyting jangini o‘tkazadi. Murod Arslonov ikki yildan buyon professional ringda jang o‘tkazmoqda.
Rossiyalik bokschi hozirgacha sakkizta jang o‘tkazib, ularning barchasida zafar quchgan. To‘rtta jangda raqiblarini nokautga uchratgan. Murod Arslonov o‘z vazn toifasida Rossiya chempioni hisoblanadi.
Fikrlar